Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

19

OQOLTINDA AHOLINING HUQUQIY MUAMMOLARI UYMA-UY O'RGANILDI


Aholining huquqiy muammolarini o‘rganish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov Oqoltin tumani "Mustaqillik" mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishdi.

Uyma-uy yurish jarayonida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan, shuningdek tomorqadan unumli foydalanayotgan fuqarolar bilan muloqot qildi.

- 3 sotix yer maydonida poliz ekinlari ekib, tomorqadan samarali foydalanib kelmoqdaman, mahallamizda bunday xonadonlar soni juda ko‘p,- deydi fuqaro Gayrat Saidmagametov.

Suhbat davomida qonunchilikdagi yangiliklar, yashil makon va yashil energiya borasida fikr-mulohazalar bildirilib, Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Shuningdek, fuqarolarning muammo va takliflari tinglanib, yoshlar, ayollar, ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati