Янгиликлар
21
Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov Sayxunobod tuman adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.
Tizim xodimlari bilan muloqot davomida adliya organlarning qoʻshimcha faoliyat yoʻnalishlari hamda adliya boʻlimlariga yuklangan qoʻshimcha vazifalar haqida soʻz yuritilib, bu borada masʼuliyatni yanada oshirish, mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, “mahalla yettiliklari” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish lozimligi taʼkidlab oʻtildi.
Shuningdek, yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Vazir oʻrinbosari davlat xizmatlari markazida ham boʻlib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, koʻrsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish burchaklari faoliyatini koʻzdan kechirdi.
Shu bilan birga, xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan ham suhbatlashib, sohani takomillashish yuzasidan taklif va mulohazalari tinglandi.