Янгиликлар
21
Guliston shahar "Shodlik" mahallasida "Huquqiy targ'ibot kuni" o'tkazildi
“Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan endilikda adliya organlari aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etishda mutlaqo yangicha tizim asosida ishlashga o‘tadi.
Adliya organlari endi ko‘proq odamlar orasida, mahallalarda bo‘lib, aholining dardu tashqishlarini tinglab, ularning huquqiy muammolarini birgalikda hal etishga ko‘maklashadilar. Guliston shahar "Shodlik" mahallasida tashkil etilgan "Huquqiy targ‘ibot kuni" tadbiri ham ayni maqsadlar uchun xizmat qildi.
Aholining huquqiy muammolari yechimlariga qaratilgan ushbu manzilli targ‘ibot tadbiri fuqarolar uchun har jihatdan foydali bo‘ldi.
Ular qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor bo‘lish barobarida, kundalik hayotda duch kelinayotgan eng dolzarb masalalar yuzasidan bepul yuridik maslahat olish imkoniyatiga ham ega bo‘ldilar.
Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida sayyor qabul o‘tkazilib, aholi murojaatlari qabul qilindi. Boshqarma boshlig'ining birinchi o'rinbosari Adxam Shayjigitov har bir fuqaroning murojaatini tinglab zarur huquqiy tushuntirishlar berdi, o'rganish muddat talab qiladigan murojaatlar ish yurituvga olindi.
"Huquqiy targ'ibot kuni" doirasida mehnat yarmarkasi va turli amaliy san'at ko'rgazmalari tashkil qilindi. Shu kuni fuqarolarga huquqiy va sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati