Янгиликлар
21
"Onlayn mahalla" platformasi tizimli muloqot manbai bo‘ladi
Endilikda aholining kundalik hayotidagi huquqiy muammolar “mahalla yettiligi” orqali onlayn mahalla platformasidan foydalangan holda adliya organlariga yetkaziladi.
Adliya organlari mazkur muammolar yechimlari boʻyicha huquqiy tadbirlar, qonunchilikka takliflar ishlab chiqadi. Shu orqali “mahalla yettiligi”ga fuqarolarning kundalik hayotidagi huquqiy masalalarga oid muammolarini hal etib borishga koʻmaklashiladi.
Guliston shahar adliya boʻlimi boshlig‘i Safarboy Tog‘ayevning “Shodlik” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashuvi davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmonida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan o'zaro fikr almashinib, zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.