Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

21

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov “Poly tex Sirdaryo” paxta toʻqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi


Sayxunobod tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu klaster tizimida Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda eng zamonaviy logistika markazi, yogʻ-moy korxonasi, yoqilgʻi mahsulotlari bazasi, mineral oʻgʻitlar bazasi, paxta tozalash korxonasi, ip-kalava fabrikasi ishlab kelmoqda.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli qishloq xoʻjaligida ish yuritishda tobora ommalashib borayotganini, bunday mexanizm toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganildi.

Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berildi.