Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish barobarida, fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topish imkonini ham berdi. Tadbir avvalida “Ma’muriy isloh


Guliston shahar adliya bo'limi tomonidan "Ahillik" mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri tashkil qilindi.

Ta'kidlash joiz, mazkur tadbir aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish, eng muhimi aholi uchun eng dolzarb masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar berish maqsadlarini ilgari suradi.

Manzilli targ‘ibot tadbirida ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash ishsizlikdan himoyalanish, vaqtinchalik ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, davlat xizmatlaridan foydalanish tartibi, elektron resurslar orqali onlayn davlat xizmatlaridan foydalanishning afzalliklari batafsil tushuntirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga soha xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.

Tadbir davomida aholiga adliya, advokat, yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlaridan bepul huquqiy maslahat olish imkoniyati ham yaratildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati