Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida “Huquqiy targ‘ibot kuni” o'tkazildi


Mirzaobod tumani “Oydin” mahallasida tashkil etilgan “Huquqiy targ‘ibot kuni” tadbiri aholini qonunchilikdagi yangiliklardan xabardor qilish barobarida, fuqarolarning huquqiy muammolariga yechim topish imkonini ham berdi.

Tadbir avvalida “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori bilan joriy etilgan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar tushuntirildi. 

Shundan so‘ng ochiq muloqot shaklida aholining kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolar va uning yechimi borasida  savol-javoblar uyushtirildi.

Shuningdek, Davlat xzmatlari markazi xodimlari tomonidan aholiga sayyor davlat xizmatlari ko'rsatildi.