Янгиликлар
ADLIYA MAHALLADA
Sirdaryo viloyatida «Huquqiy ko‘mak» aksiyasi doirasida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolari o‘rganilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida adliya mas'ullari Mirzaobod tumanidagi "Bog'iston" mahallasida dastlab "mahalla yettiligi" bilan uchrashib, aholining huquqiy muammolarini o'rganish va aniqlangan muammolarni bartaraf etishga ko'maklashish yuzasidan o'zaro fikr almashdilar.
Shundan so'ng adliya boshqarmasi va Mirzaobod tuman adliya bo'limi xodimlari tomonidan uyma-uy yurgan holda aholi bilan muloqot qilindi.
Jarayonda aholining huquqiy muammolarini aniqlash bo‘yicha anketa-savolnomalari to‘ldirilib, fuqarolar tomonidan ko‘tarilayotgan dolzarb masalalar yuzasidan joyida zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.