Янгиликлар
06
Xodimlarning ish haqi undirildi
Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolar M. E va A.Aning joriy yil aprel oyi ish haqilari toʻlab berilmayotganligidan norozi boʻlib yoʻllagan murojaati o‘rganildi.
Mazkur murojaatni oʻrganish davomida murojaat asosli ekanligi ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, yana 201 nafar xodimlarga aprel oyi uchun jami 478 442 937 soʻm miqdorida ish haqi hisoblangan bo‘lsada, toʻlovlar amalga oshirilmaganligi aniqlandi.
Xususan, 2024-yil aprel oyi uchun filialning Xovos tuman boʻlimi xodimlari L.Aga 1 594 045 soʻm miqdorida, I.Aga 3 131 252 soʻm miqdorida ish haqlari hisoblangan boʻlsada, bugungi kunga qadar toʻlab berilmagan.
Vaholanki, Mehnat kodeksining 244-moddasida ish beruvchining oʻz moliyaviy ahvolidan qatʻi nazar, qonunchilikda, mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda, mehnat shartnomasida belgilangan mehnatga haq toʻlash shartlariga muvofiq xodimlar tomonidan bajarilgan ish uchun haq toʻlashni amalga oshirish majburiyatini mustahkamlab qoʻyish mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilikda xodimlarning mehnatiga haq toʻlash sohasidagi asosiy kafolatlar biri sifatida nazarda tutilganligi belgilangan.
Shunga ko‘ra, mazkur qonunbuzilishni bartaraf etish hamda xodimlarning ish haqi pullarini toʻlab berish chorasini koʻrish yuzasidan Xovos tuman adliya bo‘limi tomonidan Respublika Tez tibbiy yordam Sirdaryo viloyati filialiga taqdimnoma kiritildi.
Natijada M. E hamda A.A va yana 201 nafar filial xodimlarining huquq va manfaatlari himoya qilinib, aprel oyi uchun jami 478 442 937 miqdoridagi ish haqi to‘lab berilishi ta’minlandi.
Elyor Amanbayev
Xovos tuman adliya bo'limi boshlig'i v.v.b.