Янгиликлар
06
KO'NCHI BOZORIDA SAYYOR XIZMAT
Guliston tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan Ko'nchi dehqon bozorida sayyor davlat xizmatlari tashkil qilindi.
Tadbir davomida hududidagi tadbirkorlar o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borilib, tadbirkorlarning qonuniy faoliyat olib borishi zarurligi targ'ib qilindi.
Shu kuni 5 nafar tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazilib, faoliyati qonuniylashtirildi. Shuningdek, bolani maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish, kadastr pasportini shakllantirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, pensiya ma’lumotnomasi va boshqa xizmat turlari bo‘yicha aholiga 80 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Jjarayonda aholiga MY.GOV.UZ (YaIDXP) onlayn platformasining imkoniyatlari va qulayligi tushuntirilib, 10 nafar fuqaro Mobil ID tizimidan ro'yhatdan o'tkazildi.