Янгиликлар
07
HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI
Mamlakatimizda yagona davlat huquqiy siyosatini, jumladan norma ijodkorligi faoliyatini sifatli tashkil etish, izchil va bir xil huquqni qo‘llash amaliyotini shakllantirish, aholining huquqiy madaniyatini oshirish, fuqarolarga malakali yuridik yordam ko‘rsatishda adliya organlari va muassasalari faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi.
Fuqarolarning huquq va erkinliklariga so‘zsiz rioya etilishini ta’minlash, ularga ko‘rsatilayotgan davlat va huquqiy xizmatlar ko‘lamini kengaytirishda adliyaorganlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish maqsadida joriy yilning 24-mayida Predidentimizning "Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son farmoni qabul qilindi.
Mirzaobod tumanida joylashgan 532-son SCHR batalyonida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur farmon mazmun-mohiyati va ahamiyati batafsil tushuntirildi.
Xususan, farmon bilan belgilangan adliya vazirligining qo‘shimcha 4 ta yangi faoliyat yo‘nalishlari, adliya bo‘limlariga yuklatilgan 6 ta yangi vazifalar, aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, tahlil qilish va bartaraf etishda adliya organlarining roli haqida to‘xtalib o‘tildi.
Yakunda harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollariga batafsil javob berilib, mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati