Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

Davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish yanada qulay


"MY.GOV.UZ BILAN YANADA OSON" shiori ostidagi aksiya doirasida Guliston shahar adliya bo'limi davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan "Nurafshon" mahallasida sayyor xizmat tashkil etildi.

Tadbirda aholi va yoshlarga MY.GOV.UZ (YaIDXP) o'zi nima ekanligi to'g'risida xodimlar tomonidan kerakli tushuntirishlar berildi va sayyor xizmatlari ko'rsatilib, 30 nafar fuqarolar Mobil ID tizimidan ro'yhatdan o'tkazildi.

Shuningdek, muloqot davomida qonunchilikdagi yangiliklar haqida ma'lumot berildi.

Xususan, Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi PF-80-son Rrezident farmoni mazmun-mohiyati hamda Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori bilan joriy etilgan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar tushuntirildi.