Янгиликлар
25
adliya boshqarmasi boshlig'i "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi
Boyovut tumanidagi 43-umumta’lim maktabida "Ilm-saodat kaliti" shiori ostida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i Jahongir Zoxidov ishtirok etib, Prezidentimizning umumiy o‘rta ta’lim maktablarining bitiruvchi yoshlariga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi hamda ularga mustaqil hayotda omad tiladi.
Tadbir davomida umumta’lim maktabini namunali xulq va a’lo baholar bilan tamomlagan o‘quvchilarga Adliya boshqarmasining esdalik sovg‘alari topshirildi.
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri o‘quvchi yoshlar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi bilan yanada fayzli bo‘ldi.
Fursatdan foydalanib, 2023-2024 o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan umumta’lim maktablari o‘qituvchilari va o‘quvchilariga, bitiruvchi yoshlarga omad va zafarlar tilaymiz.