Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganlik fakti belgilandi


Mukarram Narbayeva 1990-yildan buyon Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli Yuqumli kasalliklar shifoxonasida hamshira lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda. Zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlab kelayotganligi sababli Mukarram Narbayevaga imtiyozli pensiya tayinlanishi lozim. Biroq, pensiya shu vaqtga qadar tayinlanmagan.

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro M.Narbayevaning ushbu mazmundagi murojaati qonunchilik talablari asosida o‘rganildi, zarur hujjatlar to‘plandi.

Ma’lum bo‘lishicha,Mukarram Narbayeva imtiyozli shartlarda yoshga doir pensiyaga chiqish huquqi borligi sababli Sayxunobod tumani Byudjetdan tashqari pensiya jamg‘armasiga murojaat qilgan, biroq jamg‘arma tomonidan imtiyozli ish o‘rinlari attestatsiya varag‘i taqdim qilinmaganligi sababli unga rad javobi berilgan.

O‘rganish davomida 2003-yildan 2012-yilga qadar, shuningdek 2016-yilda birlashmada o‘tkazilgan attestatsiya hujjatlari o‘sha davrdagi xodimlarning aybi bilan saqlanib qolinmaganligi, birgina 2022-yilda ish o‘rinlari attestatsiya qilinganligi va murojaatchi mazkur ro‘yxatda borligi aniqlandi.

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasiga ko‘ra, oxirgi ish joyidan qat’i nazar, mehnat sharoiti zararli va og‘ir ishlarda to‘liq ish kuni davomida band bo‘lgan xodimlar ushbu Qonunning 7-moddasida belgilangan yoshni 5 yilga qisqartirilgan holda pensiya olish huquqiga ega bo‘ladilar.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 12-maydagi 250-son qarori bilan tasdiqlangan imtiyozli shartlarda yoshga pensiyaga chiqish huquqini beruvchi ishlab chiqarishlar, muassasalar, ishlar, kasblar, lavozimlar va ko‘rsatkichlarning ro‘yxatida sil (tuberkulyoz) va yuqumli kasalliklar bilan ishlovchi kichik va o‘rta tibbiyot xodimlari ko‘rsatib o‘tilgan.

Yuqoridagilarga asosan Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqarolik ishlari bo‘yicha Sirdaryo tumanlararo sudiga da’vo arizasi kiritildi.

Ushbu ariza yuqoridagi talablar doirasida muhokama qilinib, qanoatlantirildi. Sudning hal qiluv qarori bilan fuqaro Mukarram Narbayevaning 1993-yildan 2022-yilga qadar Sayxunobod tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli yuqumli kasalliklar shifoxonasida zararli va xavfli mehnat sharoitlarida ishlaganligi fakti belgilandi.



Baxtiyor Nazarov,

Sayxunobod tuman adliya bo'limi boshlig'i