Янгиликлар
16
HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI
Inson hayoti davomida kutilmagan sinov va turli vaziyatlarga duch keladi. Biroq har qanday holatda ham hujjat ishi bilan bog‘liq masalada muammo bo‘lmasligi kerak. Zero, o‘z vaqtida rasmiylashtirilmagan hujjat boshqa zarur hujjatlarning ham rasmiylashtirilmay qolishiga sabab bo‘lishi mumkin.
“Mustaqillik” mahallasida yashovchi oilaning uyi yonib ketishi oqibatida oila vakillariga tegishli barcha hujjatlar ham kuyib kul bo‘ldi.
Fuqaro T. Ikromova Sayxunobod tuman adliya bo‘limiga nikoh guvohnomasi va 2 nafar farzandlarining tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalari yong‘in paytida yonib ketgani sabab amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.
Tuman FHDY bo'limi tomonidan fuqaroning ushbu murojaati qanoatlantirilib, nikoh tuzilganligi haqidagi guvohnoma hamda 2 nafar farzandining tug‘ilganlik haqida guvohnomalari amaldagi qonun hujjatlariga binoan davlat bojidan ozod etilgan holda, qayta rasmiylashtirilib berildi.