Янгиликлар
17
Adliya tizimida “Huquqiy axborot kuni"
"Huquqiy axborot kuni" doirasida Mirzaobod tuman davlat xizmatlari markazi boshlig'i Akram Abdumo'minov “Navro'z” mahallasida joylashgan 1-sonli umumta’lim maktabida o'ziga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashdi.
Tadbirda dastlab yoshlar huquqlari, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari haqida keng ma’lumot berdi.
Shundan so‘ng, yoshlarning huquqiy savodxonligini mustahkamlash maqsadida qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatlaridan onlayn foydalanish tartiblarini tushuntirdi.
Shuningdek, yoshlarga "Har kunlik huquq" qo'llanmalarini taqdim etdi. Endi o'quvchilar bolalarning mehnat huquqlari va ta'limga oid huquq va majburiyatlarini yanada yaxshi bilib oladilar.