Янгиликлар
17
O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli
Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Sirdaryo viloyati hududiy bo‘linmasi tashabbusi bilan Adliya boshqarmasi va “Yuksalish” umummilliy harakati Sirdaryo viloyati hududuiy bo‘linmasi bilan hamkorlikda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Unda nodavlat notijorat tashkilotlari vakillari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa instituti vakillari ishtirok etishdi.
Davra suhbati davomida aholining huquqiy madaniyati va ongini yuksaltirish, davlat dasturlarini samarali amalga oshirish bo‘yicha fuqarolik jamiyati institutlarini davlat va fuqarolar o‘rtasida “ko‘prik”ka aylantirish, bu borada davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari va ta’lim tashkilotlari bilan o‘zaro samarali hamkorligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha xorijiy nodavlat notijorat tashkilotlarning faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzachilar tomonidan ishtirokchilarga O‘zbekistonni fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha xabga aylantirish deganda nima maqsad qilinganligi va fuqarolik jamiyati institutlari ushbu maqsadni Respublika va viloyat miqyosida qay darajada amalga oshirayotganligi bo‘yicha savol bilan murojaat qilinib, qizg‘in munozara o‘tkazildi.
Tadbir so‘ngida jamoatchilik nazoratini olib borishni qo‘llab-quvvatlash, korrupsiyaga moyil sohalarning ochiqligi va shaffofligini ta’minlash va bunga keng jamoatchilikni jalb etish, fuqarolik jamiyati institutlariga ajratilgan subsidiyalar, grantlar va ijtimoiy buyurtmalarni ishlatish samaradorligi, shuningdek, ularning o‘z mol-mulki va pul mablag‘laridan foydalanishi jarayonining oshkoraligini ta’minlash bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirish masalalari yuzasidan kelishib olindi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati