Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

CHORSHANBA- HUQUQIY AXBOROT KUNI


Mirzaobod tumanidagi soliq sektori hududida joylashgan 5-sonli umumta'lim maktabida “Korrupsiya – tarqqiyot kushandasi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda tuman yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari ishtirok etib, biriktirilgan yoshlar bilan muloqot qildi.

“Huquqiy axborot kuni” doirasida tashkil etilgan mazkur tadbir yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish barobarida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlardan xabardor qilish, qolaversa yoshlar o‘rtasida ro‘y berayotgan huquqbuzarliklarning turli ko‘rinishlari, bezorilik, o‘g‘rilik, firibgarlik haqida fikr-mulohaza yuritish uchun o‘ziga xos ahamiiyatga ega bo‘ldi.

Shuningdek, uchrashuvda  blits savollari orqali o‘quvchilarning konstitutsiyaga oid bilimlari sinovdan o'tkazildi. Tadbir savol-javoblarga boy bo'ldi.