Янгиликлар
18
Guliston shahar adliya boʻlimi tomonidan "Sohil" mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi
Sayyor qabulda kommunal soha, uy-joy, meros, ish haqini undirish, ishga joylashish, imtiyozli kredit olish kabi masalalarda 20 ga yaqin murojaatlar kelib tushdi.
Shundan 5 nafar fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilindi. 3 ta murojjat joyida o‘z yechimini topdi, 10 ta murojaat yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berildi.
Qabul jarayonida bolani davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish, elektron raqamli imzo kalitini olish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, fuqarolarni jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti tizimiga hisobga olish bo‘yicha 10 ga yaqin davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Shuningdek, qonunchilikdagi yangiliklar, firibgarlik va boshqa jinoyatlar uchun belgilangan jazo choralari haqida ma’lumot berilib, mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi