Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

OLIY TA'LIMDA KORRUPSIYAGA YO‘L YO‘Q


Guliston davlat universitetida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.

Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D.Umurzoqova ma’ruza bilan ishtirok etdi.  

Tadbirda ayrim fuqarolar o‘z haq-huquqlarini yaxshi bilmasliklari tufayli ta’magirlik, poraxo‘rlik, korrupsiya holatlari yuzaga kelayotgani, korrupsion holatlar ta’lim sohasida ham uchrab turgani achinarli hol ekanligi tilga olinib, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar xususida fikr-mulohazalar bildirildi.

Muloqot davomida yoshlar bu kabi illatlardan yiroq bo‘lishi, yuksak marrlarga eltuvchi yo‘l bilim ekanligi ta’kidlanib, mamlakatimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rliklar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Ochiq va samimiy ruhdagi uchrashuv savol-javoblarga boy bo‘ldi.