Янгиликлар
19
Xodimlar o'rtasida futbol musobaqasi o'tkazildi
Xodimlar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning jismoniy tayyorgarligini yanada oshirish, sport turlarini ommalashtirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tomonidan turli sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Navbatdagi tadbir adliya xodimlarini sportning futbol turi bo'yicha bellashuvga chorladi.
Yashil maydonda Adliya boshqarmasi hamda Guliston shahar adliya bo‘limi xodimlaridan iborat jamoalar to'p surishdi.
Murosasiz kurashlarga boy o‘yinda Guliston shahar adliya bo'limi jamoasining qo'li baland keldi.
Eng muhimi, sport tizim xodimlarini yanada birlashtirdi, do’stona ruh tantanasi uchun xizmat qildi.