Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

SAYYOR DAVLAT XIZMATLARI KO'RSATISH BILAN BIRGA QONUNCHILIKDAGI YANGILIKLAR TUSHUNTIRILDI


Davlat xizmatlari markazlari tomonidan aholiga tezkor va sifatli xizmat ko’rsatish maqsadida chekka va olis hududlarga borib, keng qamrovli sayyor davlat xizmatlari ham koʻrsatilmoqdaki, bu fuqarolar uchun har  tomonlama qulaylik yaratadi.

Mirzaobod tuman davlat xizmatlari markazi tomonidan  “Haqiqat"  mahallasida tashkil qilingan sayyor xizmatlar ham aholining uzog'ini yaqin, og'irini yengil qildi.

Tadbir davomida  aholiga 6 turdagi jami 49 ta davlat xizmatlari ko’rsatildi.

Shuningdek, tadbirda “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son Hukumat qarori mazmun-mohiyati tushuntirilib, qaror bilan joriy etilayotgan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar haqida to‘xtalib o‘tildi hamda mavzuga oid flayerlar tarqatildi.