Янгиликлар
22
Korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etish
2024-yilning 19-aprel kuni Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazida “Korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etish” mavzusini mazmun mohiyatini yoritib berish maqsadida Sirdaryo viloyat Guliston shahar Adliya bo‘limi bilan hamkorlikda AKMning yosh xodimlari hamda AKM foydalanuvchilari uchun huquqiy savodxonlik darsi o‘tkazildi.
Tadbirni AKM yuristkonsulti Saidmahmud Xodjanazarov kirish so‘zi bilan ochib, “Korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etish” mavzusi haqida qisqacha so‘zlab o‘tdi.
Shundan so‘ng, Guliston shahar Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘i Sardor Xalilov va Markaz bosh yurist konsulti Doston Xolmatovlar “Korrupsiyaga qarshi kurashishga yoshlarni jalb etish” mavzusida o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.