Янгиликлар
23
1-maydan elektr energiya va gaz narxi o'zgaradi
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan “Yoqilgʻi-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qoʻshimcha chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Unga koʻra, 2024–2025-yillarda yoqilgʻi-energetika resurslari narxlarini bosqichma-bosqich oʻzgartirish belgilandi, shuningdek, 2024-yilning 1-may sanasidan elektr energiyasi va tabiiy gaz bir oylik isteʼmolining bazaviy meʼyorlari tasdiqlandi.
Boyovut tuman adliya bo‘limi tomonidan “Jo‘langar” va “Sarmich” mahallalarida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirlarida mazkur qaror mazmun-mohiyati keng aholi qatlamiga batafsil tushuntirildi.