Янгиликлар
23
MAHALLALARDA QAROR MAZMUN-MOHIYATI TARG'IB QILINMOQDA
Sayxunobod tuman adliya bo'limi hamda Oila va xotin-qizlar bo'limi hamkorligida “Navoiy” mahallasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati xususida so'z bordi.
Tadbir davomida energoresurslar bilan bog‘liq joriy etilayotgan yangiliklar hamda 2024-yil 1-maydan kuchga kiradigan yangi tariflar haqida batafsil to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Yakunda ishtirokchilarni savollariga javob berilib, mavzuga oid targ‘ibot materiallari tarqatildi.