Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Mirzaobod tuman adliya bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" o'tkazildi


Mirzaobod tuman adliya bo'limida "Ochiq eshiklar kuni" bo'lib o'tdi. Unda tuman 4-sektor hududida joylashgan, adliya bo'limi tomonidan otaliqqa olingan umumta'lim maktablari o'quvchilari ishtirok etdi.

Tadbir avvalida yoshlar bilan ochiq muloqot tashkil qilinib, adliya organlarining vazifa va funksiyalari haqida ma'lumot berildi. Shuningdek, yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, yoshlar huquqlari va vatanparvarlik mavzusida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shundan so'ng, yoshlar bo'lim faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, davlat xizmatlari markazi, FHDY, yuridik xizmat ko'rsatish markazida ish jarayonining borishini kuzatdilar.

Tadbir yoshlarda katta taassurot qoldirdi. Eng muhimi, ular adliya organlari faoliyati to‘g‘risida to'liq tasavvurga ega bo‘ldilar.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati