Янгиликлар
24
Sirdaryolik yoshlar "Ezgu niyatlar xiyoboni"da
Ezgu niyatlar xiyoboni. Sirdaryo tumanida qad rostlagan ushbu xiyobonda tuman aholisi va mehmonlarining mazmunli hordiq chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Bolalar o‘yingohi, favvoralar, savdo va xizmat ko‘rsatish obyektlari, “Nuroniylar va maʼnaviyat maskani”, “Renessans” monumenti barpo etilgan.
Monumentda buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan. Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan uchinchi Renessans poydevorini yaratish g‘oyasining birinchi va ikkinchi Renessans bilan uyg‘un holda tasvirlangani ayniqsa ahamiyatlidir.
“Amallar niyatlarga bog‘liqdir” hadisi bitigi va Imom al-Buxoriyning “Al-Jomeʼ as-Sahih” kitobi tasviri monumentning markaziy qismida – bamisoli uning gultoji bo‘lib o‘rin egallagan.
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan otaliqqa olingan yoshlar uchun “Ezgu niyatlar xiyoboni”ga sayohat uyushtirildi.
Darhaqiqat, tarixiy xotirasiz keljak yo'q. Yoshlar ushbu xiyobonda buyuk ajdodlarimizning aql-zakovati, ijodkorligi, mardligi va jasurligi hamda tadbirkorligiga oid eksponatlarni ko‘rib uzoq moziy bilan hamnafas bo‘ldilar.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati