Янгиликлар
24
YASHIL MAYDONDA YOSHLAR
Sirdaryo tuman adliya bo‘limi tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan manzilli ishlash masalasiga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ayniqsa, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida turli sport musobaqalari o‘tkazib kelinmoqda.
Bugun davlat xizmatlari markazi tomonidan “Islomobod” mahallasida joylashgan 31-umumta’lim maktabida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa tashkil qilindi.
Ta’kidlash lozim, mazkur tadbir yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, o`z navbatida, sog`lom turmush tarzini targ`ib qilish, jismonan baquvvat va ma`nan yetuk avlodni tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Musobaqa g‘oliblariga diplom va sovg‘alar topshirildi.