Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

Gulistonlik yoshlar "Shunqorlar"da bellashdi


O‘zbekiston Respublikasi Mudofaasiga ko’maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Guliston shahar  O‘STK tashabbusi bilan shahar adliya bo‘limi, Yoshlar ishlari agentligi shahar bo‘limi va yana bir qator hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Sirdaryo viloyati mudofaa ishlari boshqarmasi huzuridagi chqiriluvchilarni harbiy-texnika mutaxassislik bo'yicha tayyorlash markazida “Vatanparvarlik oliy maqsadimiz" shiori  ostida “Shunqorlar" musobaqasi o'tkazildi.

Musobaqada Guliston shahridagi 2 va 4-sektorga qarashli mahallalar yoshlaridan tarkib topgan jamoalar safda yurish, turnikda tortinish, AK-74 qurollarini noto'liq qisimlarga ajratish, 100 metrga yugurish,  granata uloqtirish kabi shartlar bo‘yicha bellashdilar.

Mahallabay saralash boshqichida adliya bo'limiga biriktirilgan yoshlar ham faol ishtirok etishdi.

G‘olib jamoalar estalik sovg'a va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati