Янгиликлар
26
YOSHLAR "ZAKOVAT"DA BELLASHDI
Alisher Navoiy nomidagi Sirdaryo viloyat axborot-kutubxona markazining axborot-bibliografiya xizmati tomonidan “Zakovat aql-idrok maskani” mavzusida viloyat Yuridik texnikumi o‘quvchilari o‘rtasida zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi.
Intellektual o‘yinda o‘quvchilar “Lider” hamda “Adolat” nomi ostida jamoa bo‘lib bellashdi.
Ushbu o‘yinni Guliston shahar Adliya bo‘limi S.Xalilov, Sirdaryo viloyati IIB xodimi A.Mamarasulov, AKM direktori v.v.b T.Takabayev hamda markaz yuristkonsulti S.Xodjanazarovlar hay‘at azosi sifatida kuzatib bordilar.
Qiziqarli bahs munozaradan so‘ng “Lider” jamoasi 1-o‘rinni va “Adolat” jamoasi 2- o‘rinni egalladilar.
Oʻyinda g‘olib bo‘lgan jamoalarga axborot-kutubxona markazi tomonidan faxriy yorliq hamda tashakkurnomalar taqdim etildi.
Tadbirda 43 nafar ishtirokchi qatnashdi. Haftalik oʻz ishini davom ettiradi.