Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Mirzaobodlik yoshlar ko'hna Xovos tarixi bilan tanishtirildi


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Mirzaobod tuman adliya bo'limiga biriktirilgan 5-sonli umumta'lim maktabi o'quvchilari uchun ko'hna Xovos tepaligiga ziyorat uyushtirildi.

Sirdaryo viloyatining boy turistik salohiyatga ega hududlaridan biri sanalgan Xovos tumani 2500 yillik tarixga ega.Tarixchilarning maʼlumotlariga koʻra, Xovosda 28 ta tabarruk qadamjo boʻlgan. Hozirgi kunga qadar ulardan 12 tasi saqlanib qolgan.

Tadbir davomida Ko‘hna Xovos madaniy merosini asrab-avaylash markazi rahbari Xurshid Sodiqov bu yerdagi mavjud ziyoratgohlar, Ko‘hna Xovos arxeologik yodgorligida olib borilgan ekspeditsiya, izlanish va tadqiqotlar haqida batafsil so‘zlab berdi.

- Muqaddas joylarni ziyorat qilish odamlarni yomon yo‘llardan uzoq yurishga, insofli-diyonatli bo‘lishga, o‘zidan faqat yaxshilik qoldirish singari xayrli ishlarga chorlaydi. Bugun o'quvchilarimiz bilan birgalikda “Xasti buzurgon”, “Bibi ocha”, “Yusufbobo”, Sherbobo” ziyoratgohlarida bo‘ldik, - deydi maktab direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Zohid Shermatov. Ko‘hna Xovosning boy tarixi bilan tanishdik.

Chindan ham, tarixiy joylarni o‘rganish, ziyorat qilish insonning  ma’naviy, tarixy bilimlari va dunyoqarashini yanada yuksaltiradi, vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlaydi. Ko‘hna Xovosning sirli qadamjolariga uyushtirilgan sayohat ham yoshlarni moziy bilan yuzlashtirdi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati