Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

GULISTON TUMANIDA MAHALLA YETTILIGI UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI


Guliston tuman adliya bo‘limi, tuman davlat xizmatlari markazi va Mahalla uyushmasi tuman bo‘limi hamkorligida mahalla yettiligi uchun ZOOM platformasi orqali mahalla yettiligi uchun targ‘ibot tadbiri tashkil qilinib, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Muloqotda energoresurslar bilan bog‘liq joriy qilinayotgan yangiliklarga batafsil to‘xtalib o‘tildi.

O‘tkazilgan targ‘ibot tadbiri davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassilaridan javob olishdi.

Yakunda qaror mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.