Янгиликлар
02
HECH BIR SHAXS HUJJATSIZ QOLMAYDI
Har bir hujjat qimmatli ma’lumotdir. Har bir fuqaro tug‘ilganlik guvohnomasiga yoki boshqa tegishli hujjatlarga ega bo‘lishi kerak. Aks holda birgina hujjatning mavjud emasligi ovorayu-sarsongarchiliklarga sabab bo‘lishi mumkin.
“Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasi doirasida aniqlangan muammolar ijobiy yechim topmoqda.
Guliston shahrida yashovchi 2018-yilda tug‘ilgan Ortiqova Imona Madiyor qiziga Guliston shahar FHDY bo‘limi tomonidan takroriy ravishda tug'ilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirib berildi.