Янгиликлар
06
APREL OYINING ENG YAXSHI XODIMI ANIQLANDI
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho’ba boshlig‘i Raxmatilloyev Anvar Raxmatillo o'g'li aprel oyida "Oyning eng yaxshi xodimi" deb topildi.
Anvar Raxmatulloyev 2019-2022-yillarda Adliya vazirligi Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasida davlat organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatilishi ustidan nazorat qilish bo‘limi bosh maslahatchisi lavozimida faoliyat yuritgan. 2023-yildan buyon Davlat xizmatlari markazlari va FHDY organlari faoliyatini muvofiqlashtirish sho’ba boshlig‘I lavozimida mehnat qilib kelmoqda.
A. Raxmatulloyev jamoada o‘z o‘rniga ega, o‘z sohasini yaxshi egallagan bilimli va tajribali xodim sifatida qadrlanadi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Anvar Raxmatulloyevni ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaydi hamda kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.