Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

MAHALLA YETTILIGI UCHUN SEMINAR TASHKIL QILINDI


Yangiyer shahar adliya bo'limi hamda mahalla uyushmasi Yangiyer shahar bo'limi bilan hamkorlikda  Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida  targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Mahalla yettiligi uchun tashkil etilgan mazkur tadbirda elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflaridagi o'zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Shuningdek, ehtiyojmand aholi qatlamiga beriladigan bir martalik kompensatsiya to‘lovlarini olish tartiblari tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berilib, qaror mazmun-mohiyatini aholi o‘rtasida tushuntirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.