Янгиликлар
08
MEHNAT JAMOALARIDA QAROR TARG'IBOTI
Guliston shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi hamda Maktabgacha va maktab ta'limi bo‘limi bilan hamkorlikda shahrdagi umumta'lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari rahbarlari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda dastlab ta'lim sohasiga oid yangiliklar, mehnat qonunchiligi talablariga rioya qilish yuzasidan ma'ruzalar qilindi.
Shuningdek, markaz boshlig'i S.Xalilov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblarini batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.