Янгиликлар
08
QAROR MAZMUN-MOHIYATI MAHALLALARDA TARG'IB QILINMOQDA
Sayxunobod tuman adliya bo'limi tomonidan "O'rikzor" mahallasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda adliya bo'limi boshlig'i Baxtiyor Nazarov O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirdi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblarini batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.