Янгиликлар
08
QAROR MAZMUN-MOHIYATI MAHALLALARDA TARG'IB QILINMOQDA
Mirzaobod tuman adliya bo'limi tomonidan "Yangi hayotr" mahallasida huquqiy targ'ibot tadbiri tashkil etildi.
Unda adliya mas'ullari tomonidan aholi va tadbirkorlarga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblarini batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.