Янгиликлар
08
"Ma'rifat soati"da “Axborot xavfsizligi siyosati va axborotni himoyalash yo‘nalishlari” mavzu bo'ldi
Axborot xavfsizligi – tasodifiy va qasddan qilingan hujumlardan himoyalanish demakdir. Axborot xavfsizligi ko‘p qirrali faoliyat sohasi bo‘lib, unga faqat tizimli va kompleks yondashuv muvaffaqiyat keltirishi mumkin.
Ma’lumotlarning butunligi, foydalana olish va zarur bo‘lganda, ma’lumotlarni kiritish, saqlash, qayta ishlash va uzatishda foydalaniluvchi axborot va uning zahiralari konfedensialligini saqlab qolish orqali axborotni himoyalash mumkin.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasida “Axborot xavfsizligi siyosati va axborotni himoyalash yo‘nalishlari” mavzusida tashkil etilgan tadbirda ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.
Tadbirda Adliya organlari va muassasalarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish markazi davlat muassasasi yetakchi mutaxassisi Bozorboy Karabayev ma’ruza bilan ishtirok etib, sohaning dolzarbligi, axborot xavfsizligiga bugungi kundagi zamonaviy hujumlar, axborot xavfsizligini ta’minlashning kompleks choralari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati