Янгиликлар
10
Shirin shahar Adliya bo`limi tomonidan "Sirdaryo IES" AJ obyektlarida yong`in xavfsizligini ta`minlashni tashkil etish bo`limida huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Unda 1-maydan kucha kiradigan qonunchilikdagi asosiy o‘zgarishlar, aholini ipoteka kreditlari orqali uy-joy bilan ta'minlash borasida qabul qilingan 70-sonli Prezident farmoni mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatiga alohida to‘xtalib o‘tildi.
Tadbir jarayonida aholi va tadbirkorlik sub’yektlariga ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari turlari va xizmatlardan foydalanish tartibi haqida keng ma’lumotlar berilib, jarayonda 20 nafar xodimga sayyor tartibda davlat xizmatlari ko‘rsatildi.