Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

ENERGORESURSLARDAN OQILONA FOYDALANYLIK!


Jahon tashkilotlari hisobotlaridan birida “Agar biz dunyo tabiiy zahiralardan hozirgi darajada foydalanishda davom etsak, kelgusi o‘ttiz yil mobaynida hayotiy ehtiyojlarimizni qondirish uchun yana bir sayyoraga barobar zahira kerak bo‘ladi”, deyilgan edi.

Biz yana bir sayyoraga barobar zahirani to‘play olmaymiz. Ko‘pchilik bo‘lib qila oladigan yagona choramiz uni tejash va asrab-avaylab ishlatishdir.

Ayni shu maqsadda, yurtimizda energoresurslardan oqilona foydalanishni taminlash maqsadida joriy yilning 16 aprelida “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son Hukumat qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilindi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi, prokuratura, soliq, milliy gvardiya va yana bir qator tashkilotlar bilan hamkorlikda Guliston shahar “Istiqlol” mahallasida tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida mazkur qaror mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, tabiiy gaz va elektr energiyasi uchun 2024-yil 1-maydan yangi kuchga kiradigan tariflar haqida to‘xtalib o‘tildi.

Uchrashuv davomida energoresurslardan oqilona foydalanish tabiiy boylik zahiralarini kelajak avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyatga ega ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati