Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Tabiiy gaz va elektr energiyasi bebaho ne’mat


Tabiiy gaz va elektr energiyasi bebaho ne’mat. Undan samarali foydalanib to‘g‘ri ishlatadigan bo‘lsak, tabiiy boylik zahiralarini kelajak avlodlarga yetkazish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Bugungi kunga kelib aholi sonining oshib borishi natijasida tabiiy gaz va elektr energiyasiga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Hayotimizni esa tabiiy gazsiz na elektr energiyasisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.

Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori bilan energoresurslar bilan bog‘liq bir qator yangiliklar joriy qilindi.

Yangiyer shahar adliya bo‘limi tomonidan “Fazilat” mahallasida o‘tkazilgan targ‘ibot tadbirida mazkur-qaror mazmun-mohiyati tushuntirildi. Mazkur qaror iste’molchilarni yoqilg‘i-energetika resurslari bilan ishonchli tarzda ta’minlash, aholi xonadonlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalari o‘rnatilishini va energiya tejovchi texnologiyalar keng joriy etilishini rag‘batlantirish, yoqilg‘i-energetika resurslari narxlarining shakllanishini bosqichma-bosqich bozor tamoyillariga o‘tkazishni davom ettirish maqsadidaq abul qilinganligi muloqot davomida alohida ta’kidlandi.

Uchrashuvda elektr energiyasi va tabiiy gaz uchun yangilangan tariflar, ehtiyojmad oilalarga elektr va gaz uchun beriladigan bir martalik kompensatsiya pullari va uni olish tartiblari haqida batafsil tushunchalar berildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati