Янгиликлар
13
"Uch avlod uchrashuvi" o'tkazildi
Mamlakatimizda barcha sohalarda islohotlar jadal suratlarda davom etmoqda. Albatta, bu yangilanish va o‘zgarishlar avvalo fuqarolarning manfaatlari, ularning hayotdan rozi bo‘lib yashashlari uchun xizmat qiladi. Bunday o‘zgarishlarga shukrona keltirib yashash, imkoniyatlardan oqilona foydalanishda esa “Uch avlod uchrashuv”lari muhim ahamiyat kasb etadi.
Guliston tuman adliya bo‘limi va bir qator tashkilotlar hamkorligida 14-sonli umumta'lim maktabida tashkil etilgan “Uch avlod uchrashuvi” yoshlar uchun juda foydali bo‘ldi.
Koʻp yillik harbiy hayot tajribasiga ega insonlar o‘z ma’ruzalari davomida ertamiz egalariga tavsiyalar, o‘ziga xos pand-nasihatlar berishdi.
- Bilimli, iste’dodli, iqtidorli va salohiyatli yoshlar uchun barcha imkoniyatlar eshigi ochiq, deyildi muloqotda.
“Uch avlod uchrashuvi”da ijro etilgan qo‘shiqlar, o‘qilgan she’rlar yig‘ilganlarga yanada xush kayfiyat ulashdi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati