Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

BOLALAR VA YOSHLAR HUQUQLARI QONUN HIMOYASIDA


Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 13-mayidan 13-iyuniga qadar “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi.

Yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish, tahlil qilish va hal etish, jamiyatda yoshlar rolini kuchaytirish hamda yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish, yoshlar ongida qonunlarga hurmat ruhini shakllantirish va ularning milliy vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada kuchaytirish kabi maqsadlarni ko‘zlaydi.

Huquqiy aksiya doirasida Sirdaryo viloyati "Nurli maskan" maktab-internatida "Alohida taʼlim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar bilan ishlash" mavzusida seminar-treningi o‘tkazildi.

Tadbir avvalida maktab-intenatida ta’lim oluvshilarga yaratib berilgan sharoitlar bilan tanishildi. Shundan so‘ng, ochiq dars mashg‘ulotlari kuzatildi, sport musobaqalari o‘tkazildi.

Faollar zalida davom etgan seminar-trening  maktab-internati faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ma’ruzalar bilan yanada muhim ahamiyat kasb etdi. Unda Guliston shahar yuridik xizmat ko‘rsatish markazi boshlig‘I Sardor Xalilov ishtirok etib,  mamlakatimizda ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi bolalarning taʼlim olishi uchun shart-sharoit yaratish, ularning jamiyatga moslashuviga ko‘maklashish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

Yakunda faol o'qituvchi va o'quvchilarga sertifikat va sovg'alar topshirildi.

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati