Янгиликлар
15
Markaziy bank Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida huquqiy targ'ibot tadbiri o'tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Sirdaryo viloyat bosh boshqarmasida “Korrupsion omillar va xavf-xatarlarning oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi.
Unda Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy axborot bo‘yicha bosh maslahatchisi D. Umurzoqova ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korrupsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatini batafsil tushuntirdi.
Ta’kidlanganidek, korrupsiyaga qarshi kurashish dunyo miqyosida bugungi kunning eng dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda.
Muloqotda korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri va korrupsiya sodir etilishiga zamin yaratadigan omillar muhokama qilinib, ushbu illatning oldini olish chora-tadbirlarini yanada kuchaytirish yuzasidan o‘zaro fikr-almashildi.
Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tildi.
Xususan, aholiga foydalanilgan gaz va elektr haqida har oyda ma’lumot yuborilishi, ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiya berish tartiblarini batafsil tushuntirilib, mavzu yuzasidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollariga javob berildi.
Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi Axborot xizmati