Янгиликлар
15
YOSHLAR MUAMMOLARI O'RGANILDI
Sardoba tuman adliya bo‘limining bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish aksiyasi doirasida Ravot mahallasida bo‘lib o‘tgan sayyor qabulida hudud yoshlarining huquqiy muammolari o‘rganildi.
Tadbir avvalida yig‘lganlarga qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar haqida tushunchalar berildi.
Qabul davomida kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, subsidiya olish, qonuniy nikoh, ishga joylashish kabi masalalarda 14 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 6 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 6 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 2 ta murojaat tegishli tartibda ish yurituvga qabul qilindi.