Янгиликлар
15
“Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish" aksiyasi doirasida tashkil etilgan sayyor qabulda mirzaobodlik yoshlarning murojaatlari tinglandi.
Tadbir avvalida yig‘lganlarga qonunchilikdagi yangiliklar, yoshlarga berilgan imkoniyat va imtiyozlar, shu jumladan Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qarori mazmun-mohiyatini tushuntirildi.
Sayyor qabulda imtiyozli kredit olish, subsidiya, bandlik, o‘qishni tiklash, qonuniy migtartsiya kabi masalalarda 30 ga yaqin murojaatlar qabul qilindi.
Shundan 5 ta murojaat joyida o‘z yechimini topdi, 10 ta murojaat bo‘yicha zarur huquqiy tushuntirishlar berildi, o‘rganish muddat talab qiladigan 10 ta murojaat tegishli tartibda ish yurituvga qabul qilindi.
Tadbir jarayonida aholi va yoshlarga sayyor tartibda 15 ta davlat xizmatlari ko'rsatildi.