Янгиликлар
15
YOSHLAR BILAN YUZMA-YUZ
“Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish aksiyasi doirasida Toshkent kimyo-texnologiya instituti Yangiyer filialida Adliya bo‘limi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda “Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda taʼlim tizimidagi korrupsion holatlarning oldini olish, oʻqituvchilar va talaba yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimizda amalga oshiriliyaotgan islohotlar haqida tushunchalar berildi.
Uchrashuvda talaba-yoshlar erishayotgan yutuqlari, ularni qiynayotgan turli muammo va masalalar yuzasidan erkin fikr bildirdilar. Yigʻilish davomida yoshlar va bolalar huquqlari haqida keng ma’lumotlar berilib, ishtirokchilarning qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.