Янгиликлар
SAYYOR QABUL O'TKAZILDI
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida Sardoba tuman adliya bo'limi tomonidan “Do‘stlik” mahallasida sayyor qabul tashkil qilindi.
Muloqotda dastlab yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.
Erkin formatda tashkil etilgan ushbu tadbir sardobalik yoshlarga fikr-mulohazalar bilan o‘rtoqlashish muammo va takliflarni bildirish uchun qulay imkoniyat bo‘ldi.
Tadbirda 50 nafardan ziyod yoshlar ishtirok etdi, 30 nafarga yaqin yoshlar mas’ullarga turli mazmundagi murojaatlar bilan yuzlandi.
Har bir murojaat diqqat bilan tinglanib, ularga amaliy tavsiya va tushunchalar berildi hamda muammoli masalalar ish yurituvga qabul qilindi.