Bog'lanish

Telefon
(+998 67) 226-02-53

Elektron manzil
sirdaryo@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

HARBIY XIZMATCHILARNING HUQUQIY SAVODXONLIGI OSHIRILDI


Harbiy sohalarda xizmat qiluvchilar uchun qonunchilikda qanday imtiyozlar belgilangan? Mirzaobod tuman adliya bo‘limi tomonidan tumanda joylashgan 532-son SCHRda tashkil etilgan targ‘ibot tadbirida ayni mavzu muhokamalar markazida bo‘ldi.

Harbiy xizmatchilar yoshlardan iborat ekanligi bois OTMga 50 foizlik imtiyozni olish, imtiyozli mehnat ta’tili, bepul tibbiy xizmat hamda dori-darmonlar bilan ta’minlash va qonunchilikda belgilangan boshqa imtiyozlar haqida keng ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlarga oid davlat siyosatining ustuvor ahamiyati, yoshlar huquqlari va majburiyatlari haqida so‘z yuritildi.

Muloqot davomida  “Yoqilg‘i-Energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 204-son qaror mazmun-mohiyati tushuntirilib, mavzuga doir targ‘ibot materiallari tarqatildi.